1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

20 yoshli qiz 20 dan ortiq erkakka OITS yuqtirdi

Aybdor pul ishlash uchun o‘z kasalligini boshqalarga qasddan yuqtirgani aytilmoqda.

20 yoshli qiz 20 dan ortiq erkakka OITS yuqtirdi

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi xabar berishicha, 2002-yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan M.R. tungi klublardan birida ishlab, bo‘sh vaqtlarida fohishalik bilan shug‘ullangan.

 

Sog‘lig‘idan shikoyat qilib, tuman kasalxonasiga borganida fuqaroda OITS kasalligi mavjudligi aniqlangangach, zudlik bilan ro‘yxatga olingan va majburiyatlari haqida tushuntirilgan. Shuningdek, u o‘zidagi infeksiyani boshqalarga yuqtirsa, Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.

 

Ammo u pul evaziga erkaklar bilan intim munosabatda bo‘lgan va kasalligini yashirib kelgan. Olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlari M.R. 20 nafardan ortiq erkakka OITS kasalligini qasddan yuqtirganini ko‘rsatdi.

 

Aybdor pul ishlash uchun o‘z kasalligini boshqalarga qasddan yuqtirganini tan olgan.

 

M.R. Jinoyat kodeksining 113-moddasi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan aybdor deb topildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика