Ijtimoiy tarmoqlarda “2021-yilgacha milliy haydovchilik guvohnomasini olgan haydovchilar yangi imtihon markazlarida grafik asosida majburiy tartibda, bepul qayta imtihondan o‘tkaziladi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va ular hech qanday huquqiy asoslarga ega emasligini rasman ma’lum qiladi.
Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tasdiqlanmagan va yolg‘on axborotlarni tarqatmaslik, fuqarolarni chalg‘itmaslik so‘raladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2022-moddasiga muvofiq, jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, jumladan, ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet orqali tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.


