1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

2022-yilda dunyoda qochqinlar soni 20 millionga ko‘paydi

BMT Qochqinlar bo‘yicha komissarligi maʼlumotlariga ko‘ra, bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng tez emigratsiya to‘lqinidir.

2022-yilda dunyoda qochqinlar soni 20 millionga ko‘paydi

 

BMT maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilda mojarolar, taʼqiblar, zo‘ravonliklar va inson huquqlari buzilishi tufayli dunyo miqyosida 108,4 million kishi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan, bir yil oldin bu ko‘rsatkich 20 million edi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissar boshqarmasi tomonidan 14 iyun, chorshanba kuni eʼlon qilingan yillik Global tendensiyalar hisobotiga ko‘ra, 2023 yilning mayiga kelib, dunyo bo‘ylab qochqinlar soni 110 million kishiga yetishi mumkinligi aytilgan.

 

Bu ko‘rsatkich keskin o‘sishining asosiy sababi Ukrainadagi urushdir. Ukrainadan qochqinlar soni 2021 yil oxiridagi 27,3 mingdan 2022 yil oxiriga kelib 5,7 millionga ko‘paydi. BMT Qochqinlar bo‘yicha komissarligi maʼlumotlariga ko‘ra, bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng tez emigratsiya to‘lqinidir. Bundan tashqari, 2022 yilda dunyo bo‘ylab ko‘chirilganlar sonining ko‘payishi Afg‘onistondan qochqinlar, shuningdek, boshqa harbiy mojarolar, ayniqsa, Sudan bilan bog‘liq.

 

Shu bilan birga, qochqinlarning aksariyati dunyoning eng boy davlatlari tomonidan qabul qilinmagan. BMT qayd etishicha, majburiy muhojirlarning beshdan bir qismidan ko‘prog‘i 46 Ta kam rivojlangan mamlakatlarda joylashgan. Unga ko‘ra, 2022 yilda bu mamlakatlar qochqinlarni qabul qilish bilan bog‘liq ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli mablag‘ bilan taʼminlanmagan.

 

«Bizga ko‘proq xalqaro ko‘mak va masʼuliyatni adolatli taqsimlash kerak», — dedi BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi.

 

Hisobotga ko‘ra, 2022 yilda 339 mingdan ortiq qochqin o‘z vatanlariga – 38 davlatga, xususan, Janubiy Sudan, Suriya, Kamerun va Kot-D‘Ivuarga qaytgan. Ichki ko‘chirilganlar orasida Efiopiya, Myanma, Suriya, Mozambik va Kongo Demokratik Respublikasida 5,7 million kishi o‘z uylariga qaytdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика