1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

2022-yilda eng koʻp soliq toʻlagan 10 ta kompaniya ma'lum bo'ldi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu bo'yicha ma'lumot berdi.

2022-yilda eng koʻp soliq toʻlagan 10 ta kompaniya ma'lum bo'ldi

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Fuqarolar uchun byudjet” nashrining 2022-yilgi byudjet ijrosiga bagʻishlangan sonida Oʻzbekistonning yil davomida eng koʻp soliq toʻlagan kompaniyalari boʻyicha maʼlumot berdi.

 

2022-yilda ushbu kompaniyalarning davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi 36,44 foizni tashkil etishi prognoz qilingan edi. Yil yakuniga kelib esa ularning hissasiga soliq tushumlarining 33,1 foizi toʻgʻri kelgan.

 

 Unga koʻra, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlariga davlat byudjeti soliq tushumlarining mos ravishda 16,3 va 8,6 foizi toʻgʻri kelgan. Toʻliq roʻyxat quyidagicha:

 

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) — 16,3%

 

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) — 8,6%

 

“Oʻzbekneftgaz” AJ — 2.2%

 

“Oʻztransgaz” AJ — 1,4%

 

“Hududgaztaʼminot” AJ — 1,2%

 

“Uzbat” AJ — 1,1%

 

AJ “Oʻzavtosanoat” — 0,7%

 

“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ — 0,6%

 

“Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK — 0,5%

 

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 0,5%

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yilda eng koʻp soliq toʻlashi kutilayotgan 10 ta eng yirik korxona boʻyicha maʼlumot bergandi. Ushbu kompaniyalar 2023-yilda davlat byudjeti daromadlarining 31,2 foizini taʼminlashi prognoz qilinmoqda. Ularning roʻyxati quyidagicha:

 

Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) — 14,8%

 

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) — 8,1%

 

“Oʻzbekneftgaz” AJ — 1,8%

 

“Oʻztransgaz” AJ — 1,7%

 

“Hududgaztaʼminot” AJ — 1,2%

 

“Uzbat” AJ — 1,1%

 

AJ “Oʻzavtosanoat” — 0,9%

 

“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ — 0,6%

 

“«Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK — 0,6%

 

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 0,4%

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика