1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2022-yilda qancha maktab “remont” qilingani maʼlum bo‘ldi

Bu bo‘yicha vazirlik raqamlarni ochiqladi.

2022-yilda qancha maktab “remont” qilingani maʼlum bo‘ldi

 

2022-yilda O‘zbekistondagi 800 dan ortiq maktabda qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Bu haqda Xalq taʼlim vazirligi xabar bermoqda.

 

Joriy yilda Investitsiya, “Obod qishloq” va Obod mahalla” hamda qo‘shimcha dasturlar doirasida, shuningdek, mahalliy byudjet va homiylik mablag‘lari hisobidan xalq taʼlimi tizimidagi jami 807 ta umumtaʼlim maktabida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari bajarilgan.

 

Jumladan, Investitsiya dasturi doirasida 341 ta, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 257 ta, Prezidentning hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar asosida 51 ta, mahalliy byudjet va homiylik makblag‘lari hisobidan 30 ta umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari, shuningdek, 128 ta xom g‘ishtdan qurilgan filial binolarini qayta qurish amalga oshirilgan.

 

Mazkur maqsadlar uchun jami 3,2 trln so‘m byudjet mablag‘lari yo‘naltirilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 942 ta taʼlim muassasasining moddiy-texnik taʼminoti va infratuzilmasi yana-da yaxshilangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика