1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

2022-yilgi davlat byudjeti xarajatlari yana 2 trillion so‘mdan ortiqqa oshirilmoqda

Yil oxiriga kelib 2022-yil davlat byudjetiga o‘zgartirish to‘g‘risida masala ko‘rib chiqilmoqda.

2022-yilgi davlat byudjeti xarajatlari yana 2 trillion so‘mdan ortiqqa oshirilmoqda

 

Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning maʼlum qilishicha, deputatlar qo‘liga shoshilinch berilgan Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihasi ko‘ra, 2022-yil byudjetidan: 

 

➖davlat-xususiy sherikchiligi asosida asosida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonining ortib borayotgani hisobiga ushbu yo‘nalishga qo‘shimcha subsidiyalar ajratish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi 407,1 mlrd so‘mga;

 

➖Issiqlik taʼminoti bo‘yicha aholiga past darajali tariflar qo‘llanishi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplash maqsadida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 404,7 mlrd so‘mga;

 

➖eksport qilinadigan mamlakatlarda mahalliy avtomobil sanoati korxonalari tomonidan to‘lanadigan utilizatsiya yig‘imi xarajatlariga davlat byudjetidan mablag‘ ajratish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 224,5 mlrd so‘mga;

 

➖Hududlarda zudlik bilan yechilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida keyinchalik mahalliy byudjetlarga qayta taqsimlash (o‘tkazib berish) maqsadida Moliya vazirligiga 1 000,0 mlrd so‘mga oshirish ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика