1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

2023-yilda 5 ta IT yo‘nalishda tanlov eʼlon qilinadi

G‘olibga 100 ming dollar beriladi.

2023-yilda 5 ta IT yo‘nalishda tanlov eʼlon qilinadi

 

Joriy yilda uzbekcoders platformasi orqali “Coursera” onlayn kurslarida yoshlar uchun taʼlim olish imkoniyati yaratiladi.

 

AOKAda Raqamli texnologiyalar vazirligi mutasaddilari ва IT-park rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida IT mutaxassis kadrlarni tayyorlash, IT-park tomonidan amalga oshirilgan ishlar ва Prezident sovrini uchun «Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap» (President Tech Award) tanlovini o‘tkazish tartibi xususida maʼlumot berildi:

 

2023 yildan eʼtiboran har yili may oyidan boshlab 5 ta yo‘nalish: sunʼiy intellekt texnologiyalari, ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar, axborot ва kiberxavfsizlik texnologiyalari,tadbirkorlik ва moliyaviy texnologiyalar, kompyuter ва mobil o‘yin dasturlari, hamda 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

 

Tanlov g‘oliblari:

asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha – jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;

maxsus yo‘nalish bo‘yicha – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan aniqlanadi.

 

Tanlov g‘oliblari 5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha quyidagicha taqdirlanadi:

 

  • 1-o‘rin uchun – 100 ming AQSH dollari;
  • 2-o‘rin uchun – 50 ming AQSH dollari;
  • 3-o‘rin uchun – 30 ming AQSH dollari;
  • Maxsus yo‘nalish bo‘yicha (bitta) – 100 ming AQSH dollari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика