2024-yil 1-yanvar holatiga pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 mln. 930,4 ming nafarga yetib, aholi sonidagi ulushi 10,7 foizni tashkil qilgan holda 2023-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 164,7 ming nafar (4,4 foiz)ga ko‘paydi.
Shuningdek, 2023-yilda Pensiya jamg‘armasi hududiy tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 292 ming nafar fuqarolarga yangi pensiyalar tayinlandi. Shundan: 241,2 ming nafari (82,6 foiz)ga yoshga doir pensiya; 32,2 ming nafari (11,0 foiz)ga nogironlik pensiyasi; 18,6 ming oila (6,4 foiz)ga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi belgilandi.


