1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

2023-yilda Yevropa Ittifoqida gaz yetishmasligi mumkin — Yevrokomissiya rahbari

Yevropa Ittifoqi joriy qish mavsumi uchun zarur bo‘lgan gaz miqdorini jamg‘arib qo‘ydi, biroq kelasi yili u 30 milliard kub metr gaz tanqisligiga duch kelishi mumkin.

2023-yilda Yevropa Ittifoqida gaz yetishmasligi mumkin — Yevrokomissiya rahbari

 

Yevropa Ittifoqi joriy qish uchun yetarli miqdorda gaz zaxirasini olishga muvaffaq bo‘ldi, biroq kelgusi yil Rossiya gaz yetkazib berishni qisqartirishda davom etsa, yana taqchillik yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda 12 dekabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Xalqaro energetika agentligi maʼlumotlariga tayangan holda maʼlum qildi.

 

«Biz qilgan barcha ishlarimizga qaramay, kelasi yil biz hali ham 30 milliard kub metr gaz tanqisligiga duch kelishimiz mumkin», — dedi Ursula fon der Lyayen.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, YEI byudjetni qayta ko‘rib chiqishi va Rossiya gazidan foydalanishdan butunlay voz kechish uchun yirik energetika sarmoyalari uchun alohida fond yaratish haqida o‘ylashi kerak. Yevrokomissiya rahbari bu maqsad uchun YEI yangi qo‘shma qarzni o‘z zimmasiga olishi kerak yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmadi, biroq blok byudjetiga «boshqa manbalardan qo‘shimchalar kiritish» zarurligini qo‘shimcha qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика