1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2024-yildan yuk mashinalariga yo‘l yig‘imi joriy etiladi

Bu haqda Soliq qo'mitasi xabar berdi.

2024-yildan yuk mashinalariga yo‘l yig‘imi joriy etiladi

 

2024-yil 1-apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun tabaqalashtirilgan yillik 1,7-3,4 mln so‘m (BHM 5-10 baravari) miqdorda "yo‘l yig‘imi" joriy etiladi.

 

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘im Transport vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan undirilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Mazkur yig‘im joriy etilishi natijasida 63 mlrd so‘m mablag‘lar umumfoydalanishdagi yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash uchun yo‘naltiriladi. O‘zbekistonda ayniq vaqtda yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq 30 080 ta transport vositalari va tirkamalar mavjud.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика