2025-yilda Rossiyada boshpana so‘rab murojaat qilgan xorijiy fuqarolar orasida Ukraina fuqarolari eng yuqori ulushni tashkil etgani ma’lum qilindi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 12 oy davomida 3332 nafar Ukraina fuqarosi Rossiyadan boshpana so‘rab ariza topshirgan. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan biroz kamaygan. O‘sha yili Rossiyadan boshpana so‘rab murojaat qilgan ukrainaliklar soni 3722 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu raqam 5,5 ming nafardan oshgan. Shunga qaramay, so‘nggi yillarda Rossiyadan boshpana so‘rash ehtimoli eng yuqori bo‘lgan fuqarolar toifasida ukrainaliklar yetakchi bo‘lib qolmoqda.
2025-yilda boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni bo‘yicha Suriya fuqarolari ikkinchi o‘rinni egallagan — 3196 ta murojaat qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston fuqarolari joylashgan. undan keyin Afg'oniston fuqarolari (281 ta), O'zbekiston (176) va Germaniya (129) fuqarolari ham mos ravishda birinchi beshlikka kirdi.
Hisobot davrida Rossiyada vaqtinchalik boshpana so‘rab murojaat qilganlarning umumiy soni 8220 tani tashkil etgan bo‘lib, bu 2024-yilga nisbatan sezilarli oshganini ko‘rsatadi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, Rossiyada vaqtinchalik boshpana maqomi shaxsga mamlakat hududida qonuniy yashash imkonini beradi. Ushbu maqomga ega shaxslar ruxsatnomasiz ishlash, majburiy tibbiy sug‘urta tizimi orqali tibbiy xizmatlardan foydalanish, ta’lim olish va ijtimoiy yordam dasturlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Mazkur maqom ayrim hollarda keyinchalik doimiy yashash ruxsatnomasi yoki fuqarolik olish jarayonining dastlabki bosqichi sifatida qaraladi.


