Raqobat qo‘mitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan savdo ustamalarini oshirib qo‘llash holatlari aniqlanib, bu boradagi huquqbuzarliklar tizimli tarzda bartaraf etilmoqda. Bu haqda qo'mitaning matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan 2025-yil davomida “Fair tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan ma’lumotlar asosida 765 ta dorixona (119 ta ulgurji va 646 ta chakana) 267 456 holatda 7,95 mlrd so‘m miqdorida asossiz daromad olgani aniqlangan va iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, ularning huquqlari tiklangan. Shu bilan birga, litsenziya talablarining buzilishi bo‘yicha ma’lumotlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etilgan.
Hududlar kesimida aniqlangan holatlar:
- Qoraqalpog‘iston: 26 dorixona, 5 311 holat, 130,3 mln so‘m
- Andijon: 26 dorixona, 3 200 holat, 95,5 mln so‘m
- Buxoro: 53 dorixona, 38 355 holat, 929,4 mln so‘m
- Jizzax: 23 dorixona, 1 042 holat, 56,4 mln so‘m
- Qashqadaryo: 50 dorixona, 2 783 holat, 203,6 mln so‘m
- Navoiy: 79 dorixona, 20 645 holat, 329 mln so‘m
- Namangan: 56 dorixona, 36 310 holat, 575,2 mln so‘m
- Samarqand: 57 dorixona, 5 167 holat, 1 231 mln so‘m
- Surxondaryo: 53 dorixona, 9 445 holat, 1 570,2 mln so‘m
- Sirdaryo: 33 dorixona, 2 782 holat, 208,6 mln so‘m
- Toshkent viloyati: 63 dorixona, 21 983 holat, 735,1 mln so‘m
- Farg‘ona: 35 dorixona, 22 760 holat, 310,1 mln so‘m
- Xorazm: 25 dorixona, 3 867 holat, 199,3 mln so‘m
- Toshkent shahri: 173 dorixona, 131 219 holat, 1 404,7 mln so‘m
Raqobat qo‘mitasi dori vositalarini narxini asossiz oshirgan dorixonalarga nisbatan nazorat ishlarini davom ettirib, qonunchilik talablarini buzgan dorixonalar ro‘yxatini ochiq tarzda e’lon qilib borishini ma’lum qiladi.


