1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

2025-yilda dunyoda nimalar kutilyapti?

Financial Times o‘z prognozlarini eʼlon qildi.

2025-yilda dunyoda nimalar kutilyapti?

O‘tgan yili nashrning 22 ta kutilmasidan faqat uchtasi xato chiqqan edi. Financial Times 2025 yilda quyidagilar kutilayotganini bildirdi:

 

— Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuziladi. Buning uchun sanksiya bosimi kuchayishi va AQSHning Kiyevga yordami talab etiladi. Zelenskiy xavfsizlik kafolatlari evaziga Rossiyaning bosib olingan hududlar ustidan qonuniy emas, de-fakto nazorat qilishiga rozi bo‘lishi mumkin. Ukrainaning NATO‘ga aʼzoligi dolzarb masala bo‘lib qoladi;

 

— Tramp yangi tarif urushini boshlaydi. Yil oxirigacha AQSH importining yarmiga kamida 10% bojlar kiritilishi kutilmoqda;

 

— Bitkoin 200 ming dollarga yetadi;

— AQSHda foiz stavkalari joriy darajada saqlanib qoladi yoki yil oxirigacha yuqoriroq bo‘ladi;

 

— Emmanuyel Makron Fransiya prezidenti lavozimini saqlab qoladi;

 

— Xitoy eksport maxsulotlari narxlari pasayishda davom etadi;

 

— Ilon Mask va Donald Tramp o‘rtasida munosabatlar yomonlashmaydi;

 

— Germaniya davlat qarzi bo‘yicha cheklovlarni yumshatadi;

 

— Obligatsiyalar bozori qulamaydi;

 

Isroil va AQSH Eronning yadroviy inshootlariga zarba bermaydi;

 

— Jahon avtomobilsozlik savdosida elektromobillarning ulushi 25 foizdan oshmaydi;

— Xavyer Miley Argentinada valyuta nazoratini bekor qiladi;

 

— Sudandagi fuqarolar urushi davom etadi;

 

— Dunyoda kundalik hayotda faol foydalanish mumkin bo‘lgan sunʼiy intellekt vositalari paydo bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика