Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy taʼminot vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatdagi boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari rekord darajaga yetdi. Joriy yilda 532 nafar maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 1980-yildan boshlab yuritilayotgan statistika tarixida eng yuqori darajadir. Statistikaga ko‘ra, qizlar o‘g‘il bolalarga qaraganda ko‘proq o‘z joniga qasd qilishadi. Bolalar orasida eng yuqori ko‘rsatkich o‘rta maktab o‘quvchilari orasida (349 holat) qayd etilgan.
Shu bilan birga, Yaponiyada 124 million aholisi orasida o‘z joniga qasd qilishning umumiy darajasi pasaymoqda. 2025-yilda mamlakatda jami 20 000 dan kam shaxs o‘z joniga qasd qilgan.


