Kanadaning SBQuantum kvant startapi mutaxassislari ilk bor koinotga nuqsonli olmoslar asosidagi kvant magnitometrlarini yuboradi.
Ushbu asboblar 2025 yil o‘rtalarida MagQuest loyihasi doirasida koinotdan Yerning magnit maydonini iloji boricha aniqroq o‘lchash va o‘rganishga yordam beradi.
MagQuest doirasida jahonning yetakchi ilmiy tashkilotlari va yuqori texnologiyali startaplarga jahon magnit modelini yaxshilaydigan magnit maydon sensorlarining yangi turlarini ishlab chiqishni taklif qildi. Eng muvaffaqiyatli asboblar tadqiqot sunʼiy yo‘ldoshi bortida koinotga yuboriladi. Tanlovning uchta g‘oliblaridan biri kanadalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan nuqsonli olmoslar asosidagi kvant magnitometrlari bo‘ldi.
Yerda o‘tkazilgan dastlabki tajribalar olmos kvant sensorlari jahon magnit modelinini takomillashtirishda foydalanilgan tizimlarga qaraganda o‘n baravar barqarorroq ekanini ko‘rsatdi.
Ushbu hisoblagichlar koinotga birinchi bor 2025 yil o‘rtalarida uchiriladi. Fiziklarning umid qilishicha, olingan maʼlumotlar fuqarolik navigatsiya tizimlarining sifatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi.


