1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2025-yilning dastlabki 6 oyi davomida bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holatlari sodir etildi

Bolalar ombudsmani birinchi yarim yillikda 885 murojaatni ko‘rib chiqdi.

2025-yilning dastlabki 6 oyi davomida bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holatlari sodir etildi

2025-yilning dastlabki olti oyi davomida Bolalar ombudsmani bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zo‘ravonlik holatini aniqladi. Ushbu holatlar yuzasidan 16 ta jinoyat va 22 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

 

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga 885 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47 foizga ko‘pdir. Ularning 20 tasi bevosita voyaga yetmaganlar tomonidan yo‘llangan.

 

Ombudsman shuningdek, 21 ta shaxsiy qabul o‘tkazib, 87 nafar fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqqan. Kotibiyat xodimlari esa 20 ta sud majlisida bola manfaatlari yo‘lida ishtirok etgan.

 

Shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida xorijda qarovsiz qolgan 16 nafar bola vatanga qaytarildi. 1664 ta media-material orqali esa bola huquqlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Bundan tashqari, internet tarmog‘i monitoringi davomida bola huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq 185 ta holat aniqlanib, ularning har biri bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Ushbu ishlar doirasida mutasaddi davlat organlari bilan hamkorlikda tezkor tekshiruvlar o‘tkazilib, bolalarning huquqiy himoyasi ta’minlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика