Bojxona institutiga hujjatlar qabul qilish muddati e’lon qilindi.
Bojxona institutiga o‘qishga kirish uchun hujjatlar 2026-yil 1-yanvardan 1-aprelga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar doimiy yashash joyi, ta’lim olayotgan hududi yoki muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan joyida joylashgan bojxona boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Bojxona instituti oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bojxona institutiga quyidagi shaxslar tanlov asosida qabul qilinadi:
- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega;
- harbiy xizmatni o‘tamagan, 17 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (shu jumladan, o‘qishga qabul qilingan yili 17 yoshga to‘ladigan va 23 yoshda bo‘lganlar);
- 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar (shu jumladan, o‘qishga qabul qilingan yili 18 yoshga to‘ladigan va 25 yoshda bo‘lganlar).
Batafsil: https://lex.uz/docs/-4313560


