1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

2026-yilda 1 million aholi ish bilan ta’minlanadi, 181 ming oila kambag‘allikdan chiqadi

Hokimlar mahallalarni borib, aholiga ish o‘rinlari va daromad oshirish rejasini tushuntirib, natija uchun javob beradi.

2026-yilda 1 million aholi ish bilan ta’minlanadi, 181 ming oila kambag‘allikdan chiqadi

 

2026-yil davomida O‘zbekiston aholisining 1 millionini doimiy ish bilan ta’minlash va 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqda 23-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

Yig‘ilishda davlat rahbari mahallalar yettiligi va hokimlarining metodik bilim va tajribasi yetarli emasligini, mas’ul vazirlik va idoralar esa ularga yetarli ko‘mak bermayotganini qayd etdi. Shu bois mavjud hududiy tajribalar – Arnasoyda chorvachilik, Sho'rchi bananchilik, Quvada anorchilik, Bo'stonliqda asalarichilik – boshqa tumanlar uchun namuna bo‘lishi mumkinligi, lekin tizimli foydalanilmayotgani ta’kidlandi.

 

Mutasaddilarga bir oy ichida ish bilan ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha yuqori darajadagi mahallalarni o‘rganib, eng yaxshi amaliyotlarni jamlagan “metodik qo‘llanma” ishlab chiqish topshirildi. Hokimlar esa mahallalarda buning ijrosini tashkil qilib, aholini ish bilan ta’minlash, daromadini oshirish va ularni qiynayotgan masalalarga yechim topishga mas’ul bo‘ladi.

 

Joriy yil uchun asosiy vazifalar quyidagilar etib belgilandi:

  • 1 million aholini doimiy ish bilan ta’minlash;
  • 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish;
  • Kambag‘allikdan xoli mahallalar sonini 2,5 barobarga oshirib, 3,5 mingga yetkazish;
  • Ishsizlik va kambag‘allik darajasini 4,5 foizga tushirish.

 

Davlat rahbari har bir vazirlik va hokimlik faoliyati mahallalar bilan bog‘liq bo‘lishi, qabul qilinadigan qarorlar ham mahalladagi hayotga ta’sirini hisobga olishi lozimligini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика