1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

2026 yilgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi g‘olibi e’lon qilindi

Shveysariyalik tog‘ chang‘isi ustasi Franjo fon Allmen pastga tushish yo‘nalishida eng yaxshi natijani qayd etdi.

2026 yilgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi g‘olibi e’lon qilindi

 

 


Italiyaning Bormio shahrida o‘tayotgan Milan–Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlarida ilk oltin medal sohibi aniqlandi. Shveysariyalik tog‘ chang‘isi ustasi Franjo fon Allmen pastga tushish yo‘nalishida eng yaxshi natijani qayd etib, Olimpiada chempioniga aylandi.

 

Sportchi masofani 1 daqiqa 51,61 soniyada bosib o‘tib, raqiblarini ortda qoldirdi. Ushbu yo‘nalishda italiyalik Jovanni Franzoni kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana bir Italiya vakili Dominik Paris bronza medali bilan kifoyalandi.

 

24 yoshli fon Allmen uchun bu g‘alaba kutilmagan emas. U 2025-yilda ham yuqori natijalar qayd etib, ikki karra jahon chempioniga aylangan edi. Olimpiadadagi muvaffaqiyat esa uning sportdagi yetakchi o‘rnini yana bir bor tasdiqladi.

 

Ma’lumot uchun, Milan–Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlari 22-fevralga qadar davom etadi. Musobaqalar davomida sportchilar jami 116 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi. Ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi bayrog‘ini short-trek bo‘yicha terma jamoa a’zosi Daniil Eybog ko‘tarib chiqdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика