1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

22 ming migrant AQSHga kirish uchun vaqtinchalik boshpanada yashamoqda

Bu yil Qo‘shma Shtatlar rekord darajada qochqin qabul qilishi taxmin qilinmoqda.

22 ming migrant AQSHga kirish uchun vaqtinchalik boshpanada yashamoqda

 

22 ming meksikalik migrantlar AQSHga kirish uchun vaqtinchalik boshpanada jon saqlamoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

 

Bir vaqtning o‘zida Meksika bilan chegaradosh Texas shtatidagi El-Paso shahri yaqinida mahalliy hokimiyat chegarada devor qurmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad migrantlar kirib kelishini cheklashdan iborat. Hozirda 3.2 kilometr to‘siq qurilgan.

 

Qayd etilishicha, El-Pasoda qochqinlar soni oshgan. Ular shahar ko‘chalarida tunamoqda, sababi cherkov va qochqinlar markazlari to‘lib ketgan.

 

AQSHda qochqinlik maqomini olish bo‘yicha so‘rovlar 2012 yildan buyon 7 marta o‘sib, bu yil 1.6 millionga yetdi.

 

Qo‘shma Shtatlarga migrantlar oqimi kuchayishi kutilmoqda. bundan oldin koronavirusga qarshi kurash bahonasida mamlakatdan qochqinlar darhol deportatsiya qilingan bo‘lsa, hozirda ushbu norma yumshatilmoqda. Bayden administratsiyasi uni uzaytirishga qarshi chiqqan.  

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика