1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

240 ming dollar mojarosi: bo‘lajak kuyov 9 yilga qamaldi

Sudning 21 noyabr kundagi majlisida hukm eʼlon qilindi.

240 ming dollar mojarosi: bo‘lajak kuyov 9 yilga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan firibgarlik ishi bo‘yicha Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ochiq sud jarayoni yakuniga yetdi. Sud jarayonida Zaomon.uz muxbiri ishtirok etdi. Unda 1997-yilda tug‘ilgan, ilgari sudlanmagan Shahzod Rismatovning harakatlariga huquqiy baho berildi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, Rismatov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar: J.Yu. foydasiga 3 mlrd 448 mln so‘m, S.S. foydasiga 925 mln so‘m va J.A. foydasiga 464 mln so‘m undirilishi belgilandi.

 

Sud tomonidan ushbu ishga daxldor boshqa shaxslar, jumladan, “Real Sanjik” taxallusi bilan tanilgan blogerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqish uchun materiallar Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasiga yuborilishi ko‘rsatib o‘tildi. Sud, shuningdek, oldi-sotdi shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha fuqarolik tartibida murojaat qilish huquqini jabrlanuvchilarga tushuntirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика