1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

27-dekabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Bugun ham ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi.

27-dekabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

 

Bugun, 27-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi soniyasiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-5, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-bo‘ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Samarqand viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga soniyasiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика