1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

3-iyul kuni karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 964 nafar fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortildi

So‘nggi kunlarda epidemiologik vaziyat murakkablashib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni ko‘paymoqda.

3-iyul kuni karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 964 nafar fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortildi


Fuqarolarimiz, befarqlikka berilib, tibbiy niqoblarni taqmasligi ham kasallanganlar soni ortishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga asosan, vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari poytaxtimiz aholisi tomonidan karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishmoqda. Birgina 3-iyul kuni karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 964 nafar fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 4885 nafar fuqarolar esa ogohlantirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика