Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani hududiga qarashli ko‘priklarning birida mashina qulaganligi to‘g‘risida fotosurat tarqaldi.
Tuman hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mutasaddilar voqea joyiga borib, holat bilan tanishgan.
Avvalroq bu kabi voqea sodir bo‘lganida hokimlik tomonidan ko‘prik chetlariga temir panjaralar o‘rnatilgan edi.
“Endilikda beton qotishmasi bilan chegaralash ishlari olib borilishini, shuningdek, avtomashinada faqat haydovchi bo‘lganligi va fuqaroning sog‘-salomat ekanligini maʼlum qilamiz”, - deyiladi xabarda.


