1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

3 sulton va 12 prezident davrini ko‘rgan Oysha Bayri vafot etdi

Asr va davrlar guvohi bo‘lgan Turkiyaning eng keksa fuqarosi 127 yoshida olamdan o‘tdi.

3 sulton va 12 prezident davrini ko‘rgan Oysha Bayri vafot etdi

Turkiyaning Amasya viloyatida mamlakatning eng yoshi ulug‘ fuqarosi – 127 yoshli Oysha Bayri hayotdan ko‘z yumdi. U 1898-yilda dunyoga kelib, umr davomida Usmonli saltanatining so‘nggi uch hukmdori va Turkiya Respublikasiga rahbarlik qilgan 12 prezident - Mustafo Kamol Otaturkdan Erdo‘g‘ongacha bo‘lgan davrni ko‘rdi. Oysha onaxon 5 farzand, 20 nabira, ko‘plab avlodlarga mehribon ona va buvi bo‘lib ulg‘aydi. Nafas qisishi va ichki a’zolar yetishmovchiligi sababli shifoxonada vafot etdi.

 

Oysha Bayriga “Hojimustafa” masjidida janoza o‘qilib, Suluova tumani qabristoniga dafn etildi. Marosimda ishtirok etgan rasmiylar uni “mintaqaning faxri va eng keksasi” sifatida e’tirof etib, yaqinlariga ta’ziya bildirishdi.

 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Farg‘onada 1895-yilda tug‘ilgan Huvaydo Umarovaning tug‘ilganlik fakti sud tomonidan tasdiqlangandi va u O‘zbekistondagi eng yoshi ulug‘ inson sifatida qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика