Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida giyohvand moddalari bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.
Xususan, DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro Urgut tumaniga borib, 1992 yilda tug‘ilgan tanishidan 1 kg 916 gr “opiy” moddasini olib, o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Nexia 2 rusumli avtomashinada doimiy yashash manziliga qaytib ketayotgan vaqtida Bulung‘ur tumanida ushlandi hamda undan giyohvandlik vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga ushbu moddani bergan fuqaroning Urgut tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, kelgusida sotish maqsadida saqlanayotgan 7 kg 331 gr “opiy” moddasi borligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.


