1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

3 ta viloyatda yo‘lovchi poyezdlar harakatiga o‘zgartirish kiritildi

Tartib 10-11-dekabr kunlari uchun amal qiladi.

3 ta viloyatda yo‘lovchi poyezdlar harakatiga o‘zgartirish kiritildi

 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, 10-11 dekabr kunlari uchun vodiydagi yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvali o‘zgartirildi.

 

Xabarda keltirilishicha, 11-dekabr kuni «Qo‘qon — Buvayda» bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan yo‘nalishdagi bir necha poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Xususan:

 

  • «Xiva — Andijon» yo‘nalishida 10-dekabr kuni harakatlanuvchi 126-sonli yo‘lovchi poyezd Xiva bekatidan Pop bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi, keyin 2022-yil 11-dekabr kuni quyidagi jadval asosida harakatni davom ettiradi: Pop 15:47 — Namangan 16:44 — Andijon 19:57
     

  • «Toshkent — Andijon» yo‘nalishida 11 dekabr kuni harakatlanuvchi 60-sonli yo‘lovchi poyezd harakat jadvali quyidagicha: Toshkent 07:55 — Pop 11:33 — Namangan 12:17 — Andijon 14:13
     

  • «Andijon — Toshkent» yo‘nalishida 11 dekabr kuni harakatlanuvchi 59-sonli yo‘lovchi poyezd harakat jadvali quyidagicha: Andijon 15:13 — Namangan 17:09 — Pop 17:51 — Toshkent 21:45
     

  • «Toshkent — Andijon» yo‘nalishida 11-dekabr kuni harakatlanuvchi 62-sonli yo‘lovchi poyezd harakat jadvali quyidagicha: Toshkent 17:22 — Pop 21:02 — Namangan 21:58 — Andijon 00:07
     

  • «Andijon — Toshkent» 11-dekabr kuni yo‘nalishida harakatlanuvchi 61-sonli yo‘lovchi poyezd harakat jadvali quyidagicha: Andijon 05:50 — Namangan 07:46 — Pop 08:28 — Toshkent 12:14.

 

Qayd etilishicha, 11-dekabr kuni yo‘lovchi poyezdlar Qo‘qon va Marg‘ilon bekatlaridan harakatni amalga oshirmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика