1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

3 tumanda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

3 tumanda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.F.” MCHJ rahbari A.s. tikuv dastgohlari va xom-ashyolar sotib olish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1,5 milliard so‘m imtiyozli kreditni o‘zining norasmiy boshqaruvidagi boshqa MCHJga o‘tkazishga erishib, ushbu malbag‘larni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

 

Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.P.” MCHJ rahbari G.T. plastik quvurlar ishlab chiqarish uchun uskunalar xarid qilish maqsadida hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 74 500 AQSH dollari, 750 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini boshqa maqsadlarda sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

 

Shu kabi, Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “Y.S.”, " A.B." MCHJ rahbarlari va boshqalar 15 nafar fuqaroga ajratilgan jami 442,8 million so‘m imtiyozli kredit mablag

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика