1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

30-dekabrda Putin va Si Szinpin muzokara o‘tkazadi

Unda o‘ta muhim masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

30-dekabrda Putin va Si Szinpin muzokara o‘tkazadi

 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinva XXR Raisi Si Szinpin ertaga, 30 dekabr kuni videokonferensiya shaklida muzokara o‘tkazadi. Ular ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladi hamda RF va Xitoyning dolzarb mintaqaviy muammolari yuzasidan fikr almashadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

 

“Avvalo, biz ikki tomonlama Rossiya-Xitoy munosabatlari haqida gapiramiz. O‘zaro savdo hajmi tez surʼatlar bilan o‘sib bormoqda. Albatta, eng o‘tkir mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashish juda muhim hisoblanadi. Rahbarlarimiz chinakam strategik sheriklik ruhida bu masalalarni muhokama qiladilar”, - degan matbuot kotibi.

 

Muzokaralar kunning birinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Faqat yetakchilarning tabrik so‘zlari almashishi ochiq bo‘ladi, keyin esa suhbat yopiq formatda davom etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Pekinning Moskva bilan munosabatlari mustahkam ekanini aytgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика