2021 yil 24 iyulda “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident farmoni eʼlon qilingan edi.
Unda bosqichma-bosqich davlat xizmatlari markazi va YAIDXP orqali joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati ko‘rsatilgan.
Mazkur xizmatlardan 31 tasi yuqoridagi tartibda amalga oshirilishi 1 yanvardan eʼtiboran yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan edi.
Ushbu xizmat turlari bilan tanishing:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet et fuqarolariga ID-karta hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish;
2. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish;
3. Trenerlarni attestatsiyadan o‘tkazish;
4. Sport hakamlariga malaka toifasini berish;
5. Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish va malaka attestatini berish;
6. Baholovchilarga toifalar berish;
7. Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni o‘qitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish;
8. Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish;
9. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan o‘tkazish;
10. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish;
11. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish;
12. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalarning buxgalteriya hisobi xodimlarining malaka imtihonini o‘tkazish va byudjet hisobi hisobchisi sertifikatini berish;
13. Auditor malaka sertifikatini berish;
14. Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish;
15. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan o‘tkazish4
16. Ichki auditor sertifikatini berish;
17. Aktuariy malaka sertifikatini berish;
18. Sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan o‘tkazish;
19. Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish;
20. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka sertifikatini berish;
21. Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish;
22. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish;
23. Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish;
24. Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan o‘tkazish;
25. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazish;
26. Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish;
27. Maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional hamda maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish;
28. Davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul bo‘lgan rahbarlari va bo‘linmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish;
29. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalarga malaka sertifikatini berish;
30. Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash;
31. Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun hujjatlarni qabul qilish (magistratura), deb xabar beradi Davlat xizmati ko‘rsatish agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uchtepada yangi Davlat xizmatlari markazi ochilgani hamda Davlat xizmatlari sifatini baholaydigan yangi portal ishga tushgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


