Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 14 fevral — Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan 34 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.
Kutubxonalarga 6,7 mingdan ziyod Prezident asarlari, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar, 26 ta kompyuter va 451 ta mebel jihozlari sovg‘a qilindi.


Shu bilan birga, 40 ming kitobni o‘zida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Aksiyamizga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda Notarial palata ham qo‘shildi.


#ziyo_ulash aksiyasiga start berilgandan buyon 100 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilinib, 31 mingga yaqin kitoblar, 66 ta kompyuter va 1100 dan ortiq mebel jihozlari sovg‘a qilindi.
Kelgusida aksiya doirasida yana 108 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilish rejalashtirilgan.
#ziyo_ulash aksiyasi davom etmoqda.



