1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

3,6 milliard so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi

6 oy ichida sug‘urta tashkilotlariga 855 ta murojaat kelib tushgan.

3,6 milliard so‘m sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi

 

Joriy yilning dastlabki olti oyida sug‘urta tashkilotlari tomonidan 380 ta murojaat bo‘yicha 3,6 milliard so‘m sug‘urta kompensatsiyasi to‘lab berildi. Bu haqda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, sug‘urta tashkilotlariga 855 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 190%ni tashkil etdi.

 

Shundan 814 ta murojaat jismoniy shaxslardan kelgan bo‘lsa, qolgan 14 tasi yuridik tashkilotlardan kelib tushgan.

 

Murojaatlarning 95,4%i esa sug‘urta masalalari bo‘yicha bildirilgan.

 

Taʼkidlanishicha, 702 ta murojaat Prezident Administratsiyasi orqali jo‘natilgan.

 

Murojaatlarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Olti oyda jami 223 ta murojaat qabul qilingan.

 

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston sug‘urta bozorida jami 42 ta sug‘urta tashkiloti mavjud.

 

Shundan 34 tasi umumiy sug‘urta sohasida xizmat ko‘rsatsa, qolgan 8 tasi hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика