1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

4 ta davlat Rossiya fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

BMT bu qarorni qo‘llamadi.

4 ta davlat Rossiya fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yevropaning rossiyaliklarga nisbatan viza cheklovlarini “yaxshi fikr emas” deb hisoblashini aytdi. Shuningdek, Ukrainadagi harbiy operatsiya yakunlanganidan keyin bu cheklovlar yo‘qolishiga umid bildirdi.

 

"Umid qilamanki, urush tugaganidan keyin bu holatlarning barchasi yo‘qoladi", — dedi bosh kotib.

 

Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabr kuni Pragada bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari tashkilot va Rossiya o‘rtasidagi viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib turishga kelishib oldilar. Polsha, Litva, Latviya va Estoniya Rossiya fuqarolari uchun sayohat cheklovlarini birgalikda joriy etishga kelishib olgan. Boltiqbo‘yi davlatlari hatto uchinchi davlatlar tomonidan berilgan vizalar bilan ham Rossiya fuqarolarini Shengen zonasiga kiritilmaydi. Qaror 19 sentyabrdan kuchga kiradi.

 

Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Yevroittifoqning Rossiya va YI davlatlari o‘rtasida viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatish rejasini sharhlar ekan, Moskva bu kabi asossiz siyosatda Bryusselga o‘xshamasligini aytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика