Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova Ukrainaga bostirib kirgani sababli 38 davlat Rossiya ustidan Xalqaro jinoiy sudga shikoyat qilganini aytdi.
“Buyuk Britaniya, Albaniya, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Kanada, Kolumbiya, Kosta-Rika, Xorvatiya, Kipr, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Gruziya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Latviya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, Norvegiya, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya! Birinchi bo‘lib alohida murojaat qilgan Litvaga alohida rahmat!", — deb yozadi Venediktova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shuningdek, Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ham Twitterʼda bu haqda maʼlum qilgan.
"Bugun tunda dunyoning 38 davlati Rossiyaning Ukrainaga vahshiylarcha bostirib kirishi bo‘yicha xalqaro jinoiy sudga eng yirik ish qo‘zg‘atdi", —deb yozdi u.
Jonson Rossiya Federatsiyasi prezidenti Ukrainadagi jinoyatlar uchun jazolanishini qayd etdi.
Xalqaro jinoiy sud rossiyalik siyosatchilarni dunyoning boshqa mamlakatlarida hibsga olishga order berishi mumkin.
Maʼlumot uchun: Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon Ukrainada ro‘y berayotgan voqealar — Rossiya bosqinini tergov qilishga qaror qilgan.


