1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

4.5 ming rossiyalik Estoniyadagi mulklaridan ayrildi

Bunga sanksiyalar sabab bo‘lgan.

4.5 ming rossiyalik Estoniyadagi mulklaridan ayrildi

 

Rossiyaning 4.5 ming fuqarosi Estoniyadagi ko‘chmas mulkidan ayrildi. Bunga eston hukumatining turistik vizalarni berishni to‘xtatib qo‘ygan sabab bo‘lgan.

 

Umumiy hisobda Estoniyada rossiyaliklarga tegishli 41 mingdan ortiq ko‘chmas mulk obyektlari bor. Bundan tashqari, 919 nafar Belarus fuqarolari ham viza bilan bog‘liq muammo tufayli mol-mulkidan ayrilishi mumkin.

 

Estoniya IIV vitse-kansleri Veyko Kommusaar rossiyaliklarga qarashli katta miqdordagi mulklar davlat milliy xavfsizligiga tahdid ekanini taʼkidlagan. Bundan tashqari, u YеIga kirmaydigan davlatlar fuqarolariga mamlakat hududida ko‘chmas mulk sotib olishini cheklashni taklif qilgan.

 

Avvalroq Estoniya bosh vaziri rossiyalik turistlarni “tahdid” deb baholagandi.

 

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика