1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazdi

Holat Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida sodir bo'lgan.

5 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs tabiatga 533 mln so‘m zarar yetkazdi

 

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida fuqaro tomonidan ko‘p yillik daraxtlar kesib tashlandi. Ma’lum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangiyo‘l tumani Bunyodkor mahallasida ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Jarayonda mahalla hududida fuqaro B.N. tomonidan 5 tup daraxt – 2 tup qayrag‘och va 3 tup yong‘oq hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 533 mln so‘m deb baholangan.

 

Holatga bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика