1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

60 yildan so‘ng oila qurgan juftlik

Ular 1962 yilda unashtirilgan.

60 yildan so‘ng oila qurgan juftlik

 

AQSHlik 85 yoshli Ed Snekenberg 83 yoshli Prissilla Meteniga uylandi. Gap shundaki, juftlik 60 yil oldin oila qurishga vaʼdalashgan

 

Ular 1962 yilda unashtirilgan. Ammo ko‘p o‘tmay Ed kolledjga o‘qishga kirgan va boshqa shtatga ko‘chib ketgan. Yigit sevgilisiga maktub yozib, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli u bilan ajrashishni istashini bildirgan.

 

Shundan so‘ng ular boshqa muloqot qilishmagan, har ikkisi ham oila qurib farzandli bo‘lgan. Meteni 1986 yilda, Snekenberger esa 2021 yilda beva qoladi.

 

Oradan 60 yil o‘tsada, Snekenberger ona shahriga qaytib, birinchi muhabbati qatnaydigan cherkovga borib, uni izlaydi. Sevishganlar kafeda ko‘rishgach, ikkalasi ham eski tuyg‘ular hali o‘lmagan, degan xulosaga keladi.Tez orada Snekenberger Mateniga oila qurish taklifini bildirdi.

 

Juftlik 2022 yil kuzida oila qurdi. Hozir ular sayohat qilish bilan shug‘ullanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика