1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

7 yoshli bola “ota” bo‘ldi

Zamonaviy Vinni Pux qissasi.

7 yoshli bola “ota” bo‘ldi


Gʻarbiy Avstraliya oila sudi 7 yoshli bolaga yumshoq o‘yinchoqlarni asrab olishga ruxsat berdi. 

 

Bir necha oy oldin bolakay shtat sudiga xat yozib, o‘yinchoqlari eng yaqin do‘stlari ekani va u katta bo‘lganida tashlab yuborilishini yoki boshqalarga berilishini istamasligini aytgan. Shuning uchun u  ayiqchalarni asrab olishi va keyinchalik ular uchun to‘liq javobgarlikni bo‘yniga olishni so‘ragan. 

 

Mansabdorlar ham erinmay bolakayga javob xati yuborishgan. Unda 1908 yilda "qabul qilingan" "Teddi to‘g‘risidagi" xalqaro qonun tilga olingan. 

 

Sud mister Denxem, Bebi Denxem, Qo‘nyuir Ayiq, Bambuk, Maxsus Teddi-junior va Tayni ishi bo‘yicha sohta qaror qabul qildi. 

 

"Sud qarori bilan ayiqchalar asrab olingan va ularga barcha bolalar va yumshoq o‘yinchoqlar kabi mehr berish kerak", — deyiladi soxta qarorda. 

 

Sud qarorini ijtimoiy tarmoqlarda psixolog va akademik Stiven Brayt e’lon qilgan. Voqea qahramoni uning jiyani bola asrab olish bo‘yicha sud jarayonini o‘rganib chiqqan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика