1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

81 mamlakatga ocharchilik xavf solmoqda — Zelenskiy

Ukraina rahbarining aytishicha, urush tugamasa gumanitar inqiroz avj oladi.

81 mamlakatga ocharchilik xavf solmoqda — Zelenskiy

 

Rossiya Qora va Azov dengizlaridagi Ukraina portlarini to‘sib qo‘ydi, bu esa Ukraina eksportini, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sezilarli darajada kamaytirdi. Bu, o‘z navbatida, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Bu haqda Jahon banki bilan suhbatda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼlum qildi.

 

Uning taʼkidlashicha, oziq-ovqat narxining oshishi dunyoning 81 davlatida seziladi va bu 47 millionga yaqin odamni ochlik yoqasiga olib keladi.

 

"Ukraina bug‘doyi, makkajo‘xori, o‘simlik yog‘i va boshqa mahsulotlarsiz bu nafaqat Afrika va Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida oziq-ovqat tanqisligi, balki siyosiy beqarorlik va, ehtimol, yangi migratsiya inqirozi bilan tugaydi", — deydi Zelenskiy.

 

Shu bilan birga, u mamlakat rasmiylari eksportni yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini taʼkidladi.

 

"Biz imkon qadar bu yil ekish kampaniyasini boshladik. Ammo dunyoda hech kim bu urush davom etar ekan, oziq-ovqat xavfsizligi kafolatlanishiga ishonch hosil qila olmaydi", — dedi u.

 

U urushni to‘xtatish va Ukraina hududini rus bosqinchilaridan ozod qilish “oziq-ovqat inqirozi tarqalishini to‘xtatishning yagona ishonchli yo‘li” ekanini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика