1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Sud Usmonovni Putinning "sevimli oligarxi" deb atashni taqiqladi

Usmonov Germaniya sudida avstriyalik jurnalistlarni sudga berib, yutib chiqdi.

Sud Usmonovni Putinning "sevimli oligarxi" deb atashni taqiqladi

Germaniyaning Hamburg viloyati sudi rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning Avstriyaning “Kurier” gazetasiga qarshi daʼvo arizasini qanoatlantirdi. Gazeta o‘z materiallaridan birida Usmonovni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning "sevimli oligarxi" deb atagan, deb yozadi EU Today. Milliarder jurnalistlarni sudga berib, bunday bayonotlarni tuhmat deb atadi.

Holatga “Kurier”ning rossiyalik tadbirkorlar va ularning Ukrainadagi harbiy operatsiya paytidagi roli haqidagi maqolasi sabab bo‘ldi. Maqolada Usmonov haqidagi shunday deyilgan: «O‘zbekistonlik ‘Putinning sevimli oligarxi‘ degan nomga ega, bu unvonni unga Putinning o‘zi bergan".

Tadbirkor bunday bayonotlar uning huquqlarini poymol qilishini maʼlum qilgan. Jurnalistlar sudda Putin Usmonovni "sevimli oligarx" deb ataganiga dalil keltira olmagan.

Avvalroq Usmonov o‘zining “Dilbar” yaxtasida Bremenda bo‘lib o‘tgan tintuvlardan so‘ng Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan edi. Rossiyalik milliarderning so‘zlariga ko‘ra, uning uy-joy daxlsizligi haqidagi huquqlari buzilgan. Sud shikoyat qabul qilinganligini tan oldi, hozirda u ko‘rib chiqilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика