1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

9 oyda O‘zbekistondan 181 ming kishi xorijga ko‘chib ketdi

O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

9 oyda O‘zbekistondan 181 ming kishi xorijga ko‘chib ketdi

 

2023 yil yanvar — sentabr oylarida O‘zbekistondan xorijga ko‘chib ketganlar soni 181,1 ming kishini tashkil etdi.

 

Statistika agentligi maʼlumotiga ko‘ra, shundan 76 ming nafari (42 foizi) erkaklar, 105,1 ming nafari (58 foizi) ayollardir. Ko‘chib ketganlar soni shahar joylarida 124,4 ming kishini, qishloq joylarida 56,7 ming kishini tashkil etdi.

 

O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami 81,3 foiz), Rossiya (15,3 foiz), Qirg‘iziston (0,5 foiz), Janubiy Koreya (0,5 foiz), Turkmaniston (0,2 foiz) va boshqa mamlakatlar (2,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Ko‘chib ketganlarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlaganda 10,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 81,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 8,2 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Ko‘chib ketganlarning o‘sish surʼati eng yuqori darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 168,4 foizga, Navoiy viloyatida 143,7 foizga, Buxoro viloyatida 121,4 foizga, Xorazm viloyatida 115,9 foizga va Toshkent shahrida 115,4 foizga teng bo‘lgan.

 

Hududlar bo‘yicha ko‘chib ketish koeffitsiyenti eng yuqorisi Toshkent shahrida, nisbatan past darajasi Toshkent viloyatida qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика