Amerikaning Pensilvaniya shtatining Xarrisburg shahrida yashovchi to‘qqiz yoshli bola o‘rta maktabni tugatib, astrofizik bo‘lishga qaror qildi va universitetga o‘qishga kirmoqchi. Bu haqda "The Guardian" xabar bermoqda.
To‘qqiz yoshli Devid Bologan o‘rta maktabni masofadan turib tugatdi va diplom oldi, u mamlakat tarixidagi eng yosh bitiruvchilardan biriga aylandi. Bola sevimli o‘qituvchilaridan minnatdor va ular, o‘z navbatida, g‘ayrioddiy aqlli talabadan ko‘p narsalarni o‘rganishga muvaffaq bo‘lganliklarini aytishgan.
Farzandning ota-onasi ham yaxshi bilimga ega bo‘lishsada, intellektual salohiyatli o‘g‘ilni tarbiyalash oson emasligini aytishdi.
Bolaning katta rejalari bor. "Men qora tuynuklar va yangi yulduzlarni o‘rganuvchi astrofizik bo‘lishni xohlayman", dedi u. Devid ilm-fan va dasturlashni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, u sport turlari bilan shug‘ullanadi va pianino chaladi.


