Ohangaron shahridagi "Vatanparvar" tashkiloti klubining o‘rgatuvchi ustasi F.X. fuqaro R.K.ga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Zarafshon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda I.I. ismli shaxs fuqaroning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida "V" toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 dollar va 2,3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


