1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Abdulaziz Komilov Entoni Blinken bilan uchrashdi

Tomonlar Ukraina va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

Abdulaziz Komilov Entoni Blinken bilan uchrashdi

 

8 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vashingtonda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda TIV axborot xizmati va Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays xabar berdi

 

Praysning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar turli masalalar qatori Ukraina va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgan. Blinken Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi xalqaro huquqning buzilishi ekanini yana bir bor tabriklagan. Shu bilan birga u Afg‘oniston va Ukrainaga O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan gumanitar yordamni qayd etgan. Blinken AQSH Afg‘oniston yana terror markaziga aylanmasligi uchun barcha ishni amalga oshirishini taʼkidlagan.

 

O‘zbekiston TIV maʼlumotlariga ko‘ra, shuningdek, “S5+1” shakli doirasida mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

 

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSHda bo‘lishi davomida AQSH administratsiyasi vakillari, Kongress aʼzolari, Amerika ishbilarmon va ilmiy doiralari vakillari bilan ham uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazilgan.

 

Amerika — O‘zbekiston Savdo palatasi aʼzolari bilan uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Amerika ishbilarmon doiralari vakillariga 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining asosiy qoidalari, respublikada iqtisodiyotni tubdan isloh qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirilgan.

 

Tadbir davomida AQSH kompaniyalarining respublikadagi islohotlar jarayonlarida ishtirokini kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan. Bundan tashqari, joriy yilning 24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) ishida Amerika kompaniyalarining keng ishtiroki bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

 

Avvalroq Abdulaziz Komilov Vengriya TIV rahbari bilan muloqot qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика