Abdulaziz Komilov Tehrondagi Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘z nutqida Afg‘onistonda mutlaqo yangi vaziyat yuzaga kelganini maʼlum qildi.

Abdulaziz Komilov Tehrondagi Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

 

2021 yilning 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘z nutqida bugun Afg‘onistonda mutlaqo yangi voqelik yuzaga kelganini taʼkidladi. To‘liq vakolatga hamda xalqaro eʼtirofga ega bo‘lishga intilayotgan Muvaqqat hukumat tuzildi.

 

Qayd etilganidek, Afg‘oniston yaqin kelajakda mintaqa davlatlari, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlarning milliy manfaatlariga bevosita daxldor mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili bo‘lib qoladi.

 

Ayniqsa, hozirgi zamonaviy bosqichda ushbu davlatni xalqaro miqyosda yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Afg‘onistonga nisbatan mojarodan keyingi strategiyani ishlab chiqish zarurligi alohida taʼkidlandi.

 

Forum ishtirokchilari Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash, birodar afg‘on xalqiga tezkor insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish masalasida xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlarini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etishini bildirdilar.

 

Avvalroq Sergey Lavrov Afg‘oniston qo‘shnilaridan NATO kuchlarini o‘z hududida joylashtirmaslikni iltimos qilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика