1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Abdulaziz Komilov TIVning 2021-yildagi faoliyati hisobotini taqdim etdi

Vazir o‘tgan yil davomida 150 ga yaqin oliy darajadagi uchrashuvlar, onlayn va telefon muloqotlari tashkil etilganini maʼlum qildi.

Abdulaziz Komilov TIVning 2021-yildagi faoliyati hisobotini taqdim etdi

 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy davlatlarga 9 ta amaliy va ishchi tashrif amalga oshirdi.

 

Tashqi siyosatning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan 100 dan ortiq uchrashuvlar tashkil etildi. Bundan tashqari, mintaqa davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan Kompleks chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi.

 

Komilov 2021-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari konferensiyasi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanganini maʼlum qildi. Ushbu yirik xalqaro tadbirda markaziy mavzulardan bo‘lgan Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi:

 

“Eng avvalo, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash hamda uni yakkalab qo‘ymaslik muhim”, — dedi TIV rahbari.

 

Tashqi siyosiy faoliyatning eng muhim vazifalaridan biri — iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish. Abdulaziz Komilov bu yo‘nalishda katta yutuqlarga erishilganini taʼkidladi. Xususan, vazirlik va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning faoliyati natijasida 2021 yilda 686,3 million dollarlik savdo bitimlari tuzildi.

 

O‘sib borayotgan tashqi savdoga ham eʼtibor qaratildi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili maxsus vazirlik va idoralar tomonidan eksport hajmi 7,5 milliard dollar bo‘lishi prognoz qilingan edi. 2021 yilda eksport 8.5 milliard dollarni tashkil etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика