1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Abdulla Aripov lotin yozuvidagi alifboga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Bosh vazir Abdulla Aripov barcha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, Toshkent va viloyatlar hokimliklariga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Tegishli hujjat 1-iyul kuni imzolangan.

Abdulla Aripov lotin yozuvidagi alifboga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi qarori bilan lotin alifbosiga to‘liq bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, hozirda kirill alifbosida yuritiladigan barcha joy va ko‘cha nomlari, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va eʼlonlar, ish qog‘ozlari va turli blanklar 2022 dekabriga qadar lotin grafikasiga o‘tkazilishi belgilangan.

Biroq bosh vazir qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ushbu vazifani 2021 yilning 1 avgustiga qadar bajarish topshirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика