qidiruv
Dunyo
O'zbekiston
Siyosat
Iqtisodiyot
Hi-Tech
Sport
Lifestyle
Media
Eng Dolzarb
Maxsus ruknlar
MediaNoy 24, 2022 10:18
Abdulla Oripov haqida badiiy film suratga olinmoqda

 

Bu haqda shoirning qizi Ruxsora Oripova tomonidan yuritiladigan Тelegram kanalda maʼlum qilindi. Gollivudda Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi tomonidan suratga olinayotgan ushbu kartina O‘zbekiston madhiyasi matni muallifi, xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Adbulla Oripovning hayoti, xususan, uning so‘nggi kunlari to‘g‘risida hikoya qiladi.

 

Maʼlum qilinishicha, Abdulla Oripovning keksalik davrini O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, Surxondaryo teatri aktyori Qudratilla Burxonov, shoirning rafiqasi Xanifa Mustafoyeva rolini esa O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova ijro qilmoqda.

 

Shuningdek, shoirning nabirasi Afsona va shoirning kuyovi Ahmadbek Saytash ham o‘z obrazlarini gavdalantirayapti. Yaʼni ular o‘z qahramonlari rolini ijro etishmoqda. Bundan tashqari kinokartinada “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Shodmonqul Salom, mahoratli yosh aktrisa Rayhon Asadova va boshqa taniqli aktyorlarni ham ko‘rish mumkin.

 

Film bosh prodyuseri Firdavs Abduxoliqov, ssenariy mualliflari Minhojiddin Mirzo, Muqaddas Usmonova va Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Muzaffarxon Erkinov, postanovkachi operator Ravshan Mirzakamolov.

 

Film premyerasi yil yakunida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish