1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Abduqodir Xusanov Osiyoning 2025-yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Joriy mavsumda himoyachi “shaharliklar” safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, ishonchli o‘yin namoyish etdi.

Abduqodir Xusanov Osiyoning 2025-yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning “Manchester City” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Xusanov Goalpost nashri tomonidan 2025-yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’tirof etildi. U ushbu reytingda Osiyoning bir qator yetakchi mamlakatlaridan chiqqan yosh futbolchilarni ortda qoldirdi.

 

2025-yil Xusanov uchun faoliyatidagi eng muhim davrlardan biri bo‘ldi. Yanvar oyida u “Manchester City” safiga qo‘shilib, Angliya Premer-ligasida debyut qilgan ilk o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga kirdi. Joriy mavsumda himoyachi “shaharliklar” safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, ishonchli o‘yin namoyish etdi.

 

Iyun oyida Abduqodir Xusanov O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishda muhim hissa qo‘shdi. Uning barqaror o‘yini va maydondagi yetakchilik fazilatlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda.

 

Shuningdek, Xusanov The Athletic nashri tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli 100 futbolchisi reytingida 86-o‘rinni egalladi. Bu natija yosh futbolchining nafaqat Osiyoda, balki jahon miqyosida ham e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика