1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Abituriyentlarni chet tili fanidan ijodiy imtihon kutmoqda

“Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Abituriyentlarni chet tili fanidan ijodiy imtihon kutmoqda

 

OTV rasmiy sahifalari orqali e’lon qilgan xabarga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulidan bir qator OTMga kirish imtihonlarida chet tili fanidan kasbiy ya’ni ijodiy imtihon o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Qabul qilingan (34- son, 19.01.2022) qarorga muvofiq Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga bir martalik 15 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

2022-yil 1-martdan chet tili fani o‘qituvchilarining tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari tashkil etiladi.

2022/2023-o‘quv yilidan maktablar uchun zamonaviy til o‘rgatish metodikalari asosida ishlab chiqilgan chet tili darsliklari chop etiladi.

2022/2023-o‘quv yili qabulidan xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan quyidagi OTMlarga kirish imtihonlari chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan ijodiy imtihon o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:

  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Samarqand davlat chet tillar instituti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.

 

quyidagi OTMlarning xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:

  • Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika instituti.

 

Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

  • 2024/2025-o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani bosqichma-bosqich kiritiladi.
  • 2022-yil 1-sentyabrdan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari chet tili fani o‘qituvchilarining attestasiyasi jarayoni o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
  • 2022-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvargacha Toshkent va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari:
  • bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi;
  • vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarda faoliyatini amalga oshirganida ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno).
  • 2022-yil 1-fevraldan C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2 yil davomida ustama to‘lanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика